Adam

Assalomu alaykum!Meni rahmatli adam vafot etdilar.Ular hayotlik vaqtlarda islom farzlarni bajarmas edilar.Ularni ro‘za,namoz,amallarni qanday qilib uzsak bo‘ladi.Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu o‘ta nozik masala. Fiqh kitoblarida bu borada quyidagi matnlar kelgan:Kim uzrsiz, hatto imo bilan o‘qishga qodir bo‘lib turib olti namozdan ziyodni qoldirgan bo‘lsa kafforot berishni vasiyat qilmog‘i lozimdir. Ramazonda uzrsiz ro‘zasini egan odam ham shunga o‘xshashdir.Ularning fidyasi va kafforoti qoldirgan merosining uchdan biridan beriladi. O‘lganning valiysi fidyani o‘z hisobidan bersa bo‘ladi.Fidya va kafforotning miqdori bir kunlik namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087, 5 gr) yoki uning qiymati va bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi.Kishi o‘zi hayotlik chog‘ida o‘qimagan namozining kafforotini to‘lashi mumkin emas. Ammo ro‘zanikini, uning qazosini bajarishga ko‘zi etmasa beradi.Merosxo‘rlar o‘lgan shaxsning qazo namozlarini o‘qib qo‘yishi mumkin emas. Chunki namoz shaxsiy badaniy ibodatdir.Demak, sizlar otangizning qilmagan ibodatlarining fidya va kafforatlarini hisoblab, to‘lasangiz bo‘ladi. Shu bilan birga, doimo u kishining haqiga duolar qilib, ehson qilib savobini bag‘ishlab tursangiz yaxshi bo‘ladi.

3 May 2022, 08:44 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar