Gunohkor bo‘lmaymizmi?

Assalomu alaykum! Bu holat juda ko‘p masjidlarda uchrashi xozirgi kunda yangilik emas ya’ni ikkinchi jamoat namozi. Xammamiz juda yaxshi bilgan "Minor " masjidida ba’zida ikkinchi jamoatga shunchalik ko‘p namozxonlar yig‘iladi. Birinchi jamoat namozni ado etib bo‘lmasdan ikkinchi jamoat xosil qilish hollari ham uchrab turadi ba’zida. Birinchi jamoat namozni yakunlab bo‘lib masjiddan chiqayotganda xoxlaymizmi yo‘qmi ularning oldini kesib o‘tishga to‘g‘ri kelib qoladi. Ularning oldidan o‘tishda qanchalik masofa bo‘lishi kerak biz gunohkor bo‘lib qolmasligimiz uchun? Jamoatga qanchalik tushuntirilmasin ikkinchi jamoat tuzish xaligacha uchrab turipti. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday vaqtda imomining oldiga sutra qo‘yib qo‘ysangiz muqtadiylarni oldidan bemalol o‘tishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 137 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar