Protez haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mening bitta ko‘zim jarohat olganligi sababli ancha yillar oldin jarrohlik amaliyoti orqali protez taqib yuraman. Yaqinda eski protezim sinib qoldi va menga Toshkentda aynan ikkinchi ko‘zimga o‘xshash protez tayyorlab beradigan joyni tavsiya qilishdi. Savolim shundan iboratki, bu qilyotgan ishim to‘g‘rimi? Chunki aynan bir xil qilib tayyorlatishim chiroy uchun bo‘lib qolmoqda? Protezsiz yurish esa sog‘ligim uchun zarar. Yoki shunchaki qanday bo‘lsa ham, mos kelmasa ham boshqa protez taqib yuraveraymi? Javoblaringiz uchun kattakon rahmat. Alloh qilayotgan ishlaringizni barakotli qilsin!!!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘xshashini tayyorlatishingiz joiz. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 158 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar