Qazo namozni ado qilish

Assalomu alaykum! Qirg‘izistondanman telegramdan (zikr axlidan so‘rang) kanalini chiqqanidan beri o‘qib yuraman va tanish bilishlarimga xam aytib ulab beraman va tavsiyalar qilaman. Qazo namozlarimi tartib bilan o‘qishni boshladim. Bomdodga azon aytkanda turib toxorat olib, men xam bitta azon aytib oxirgi qoldirgan bomdod nomozimmi farzini deb niyat qilib o‘qiman. Takbiram aytaman kegin yana takbir aytib peshinni oxirgi qoldirgan farzini deman va hokazo. Keyin o‘sha kungilik bomdod namozini sunnatini o‘qib masjidga chikib ketaman. Peshinga azon aytkandan kegin peshinimmi o‘qib bitta azon aytib shomga aloxida xuftonga aloxida takbir aytib o‘qiman vitirdi xam oxirgi qoldirgan vitir dep niyat qilaman. Shu tartipda o‘qisam boloradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘laveradi. Alloh nihoyasiga etkazishni nasib qilsin. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 140 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar