Kreditga oligan tikuv mashinasidan topgan pullar

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda maxallalarda uyda utirgan ayollarga tikuv mashinalarni kredit asosida berilyapti. Men tikuvchiman men xam shu tikuv mashinalardan olganman. Tikuvchilik qilib pulini to‘plab kreditga qolgan pullarni ro‘zg‘orni kam-ko‘stiga ishlataman. Kredit islom dinida joiz emas deb eshitdim. Men buni bilmas edim. Savol men tikuv mashinasidan topgan pulimni ro‘zg‘orga xam ishlataman. Bu pullarni xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tez pulini to‘lab qutiling. Topganingiz halol bo‘ladi, ammo gunohga qo‘l urgansiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar