Tarozdagi aniqlik

Assalomu alaykum! Dehqonchilik qilamiz. Mahsulotimizni ulgurji sotayotganimizda tarozida savdogarlar og‘irlikni butun qilib yozishni qoida qilib olishgan, misol: 10.3 = 10, agar 10.8=11 qilib yozishga, yani 500gr chegara. Men bunda aniqlik yo‘q, lotoreyaga o‘xshaydi deyman. Agar ikkala tomon ham yuqorida ko‘rsatilgandek hisob qilishga rozi bo‘lishsa, shunday hisob joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri ish. Hozirgi kunda daftar ruchka ham shart emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar