Nikoximdagi guvoxlar
Assalomu alaykum! Uylanganimga ikki yil bo‘ldi. Nikox o‘qitish uchun uyga masjiddan imom olib kelgandik. Guvoxlik uchun onam va xolam ishtirok etishgan edilar. Meni xavotirga solayotgan narsa shundaki, nikox o‘qish vaqtida imomning men xam guvox sifatida ishtirok etaman degan gapni aytganmi yoki yo‘qmi bilmayman. Imom guvox sifatida ishtirok etaman degan jumlani bizga oshkora aytishi joiz edimi? Mening nikoxim saxix xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Domla va ikki ayolning guvohligi kifoya qiladi. Guvohman deb aytishi shart emas. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush