Idish savdosi

Assalomu alaykum! Men idish- tovoq savdosi bilan shug‘ullanaman. So‘ramoqchi bo‘lganim asosan aroq ichishga mo‘ljallangan kichik stakanchalar hamda kichik piyolachalar sotish dinimizda joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz sotadigan narsani boshqa narsalarga ham ishlatiladigan bo‘lsa, joiz. Uni sotib olgan harom narsaga ishlatishi o‘ziga. Faqat haromdan boshqa narsalarga ishlatilmaydigan narsa bo‘lsa yoki oluvchilar shunga ishlataman deb olishsa sotishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar