Musibat tushishi gunohlarga kafforatmi

Assalomu alaykum! Inson boshiga musibat tushishi yoki ishlari yurishmay va maqsadlari ushalmay qolishi mumkin. Bularning evaziga insonning avval qilgan gunoxlari kechirilishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sabr qilsa va shariatga muvofiq hayot kechirsa kafforat bo‘ladi. Inson muvoffaqiyatlarga erishi uchun uchta narsa shart. Shariatga muvofiq niyat qilish, toqati etganicha harakat qilish, “Allohim qo‘limdan kelganini qildim, bu yog‘ini O‘zinga topshirdim” deb Allohga havola qilish va natijani Allohdan kutish kerak. In shaa Alloh shak-shubhasiz besamar bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar