Bozordagi Ma’siyat

Hurmatli Ustoz YOSHIM 20DA MEN BOZORDA XO‘L MEVA SOTAMAN TO‘G‘RIROG‘I YORDAMLASHAMAN ENDI SAVOLIM SHUKI HARIDORLARGA 1 KG BO‘LSIN YO 0.5 KG 2.KG UNDAN OSHIQ BO‘LSIN TOROZIGA QO‘YILGAN MAHSULOT 10 15 GRAMM BA‘ZIDA UNDAN KO‘P KETIB QOLADI AGAR ORTIQ’HASINI OLIMOQ’HI BO‘LSAM, KAM BO‘LGANDA KATTAROG‘IGA ALMASHTIRMOQ’HI BO‘LSAM OLDINLARI RUS,KARES,TATARLAR SHU JOYIDA MAHSULOTNI TASHLAB KETIB QOLISHAR EDI XOZIR HAM SHUNDAY ENDI ESA O‘ZBEKLARIMIZ SHU XOLATNI KELTIRIB ’HIQARISHYAPTI BU XOLATDA HARIDORLARGA QANDAY MUOMULADA BO‘LAY, YANA BA‘ZIDA TAROZI TO‘G‘RIMI DIB QO‘YISHADI BU MENGA JUDA OG‘IR BOTADI AXIR TAROZIDAN URISH QANDAY GUNOHI A‘ZIM EKANLIGINI BILAMANKU USTOZ SHA‘RIY ASOSIDA NIMALAR QILISHIMNI TAVSIYA QILASIZ? JAVOBINGIZ HAMMANI QIZITIRADI BUNGA ANIQ ISHONAMAN ’HUNKI BU SAYTDAGILAR HAM BOZORDAGI BU MANZARANI GUVOHI BO‘LISHGAN. VALLOHU A‘LAMHURMAT VA E‘HTIROM BILAN SHOGIRDLIKKA LOYIQ BO‘LMASAM HAM SHOGIRDINGIZ BO‘LISHLIKNI VA SIZ OLIB BORAYOTGAN DIN XIZMATINI QILISHLIKNI XARAKATIDA YURGAN MUXLISINGIZ (ABDULLOH)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ulgurji olgan odam arzonga oladi. Shuning uchun ba’zi sifatsiz narsalarni chiqarib yuborishi ko‘zda tutilgan, desak bo‘ladi. Ulgurji savdoda olgan narsasining hammasini sotishi shart emas. buning uchun siz aytganday aldamchilik qilish, xaridordan yashirib sifatsiz narsalarni qo‘shib qo‘yish mumkin emas. Savodogarning odablariga rioya qilgan yaxshi. Shuningdek, xaridorning ham insofli bo‘lishini so‘rash lozim. Savdo ishida ishlaydigan kishilar shariatning bu ish bo‘yicha ta’limotlarini yaxshilab o‘rganishlari kerak. Bu borada alohida kitoblar chiqarganmiz o‘shalarni o‘qib o‘rganinglar.

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 157 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar