Oyoqni sun’iy almashtirish

Assalomu alaykum! Oyog‘im tizzasidan 2 marta operatsiya bo‘lganman va tizza suyagining tog‘ay qismi emirilishni boshlagan (Tibbiyot hodimlari tomonidan qo‘yilgan tashhisga asosan Artroz 2-3 bosqichi). Odatda inson ko‘p yursa oyog‘i og‘riydi menda esa hozirda yurishning o‘zi xam og‘rik beradi. Zamonaviy tibbiyotdan foydalangan holda suyakning shikastlangan qismi kesib tashlanib plastik yoki metall orqali almashtiriladi. Bir ilmli tanishim bu dunyodagi dard, og‘riklar qilgan gunoxlarning kafforati dedi. Lekin og‘riq qattikligi bois xarakatlarim jismoniy mehnatim cheklanib qolgan. Hozirda yoshim 28da ayni mehnat qiladigan yoshdaman. Yuqoridagi usulda operatsiya qilishga shariatning hukmi qanday? Kesib olingan suyaklarni saqlab qo‘yish kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar foyda bersa shariatimiz qarshi bo‘lmaydi. Suyakni saqlashga hojat yo‘q. Biror joyga ko‘mib qo‘yilaveradi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 183 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar