Zararkunandalarni zaxarlab oldirish

Assalomu alaykum! Zarar berayotgan zararkunandalarni o‘ldirish mumkinligini bilib oldim. 1-savol: Zarar berayotgan zararkunanda(parazit)larni zaxarlab o‘ldirishga shariatimiz nima deydi? Birin-birin tutib o‘ldirish qiyin bo‘lmoqda va effekt bermayapdi. 2-savol: Zarar berayotgan zararkunanda(parazit)larni yopishqoq qapqonga tushirib yoki kley(elim)ga yopishtirib usulida o‘ldirsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Olov va qaynoq suv bilan kuydirmasdan o‘ldirish joiz. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar