To‘y kassa

Assalomu alaykum! Ustozlar, bugungi kunda to‘ylarga pul yig‘ishda ko‘pchiligimiz kassa o‘ynaymiz. Kimdir aytaylik 100$ beradi yoki go‘sht kg narxiga xisoblab qanchadir mikdorga pul beradi va shu olgan odam qaytarayotib shuni beradi. Savol shuki, dollar yoki xar kg go‘sht puli pulni qaytarguncha odatda ortadi. So‘mda tayin pul qilaylik desak ma’lum vaqtdan keyin ana shu miqdordagi so‘mga kamroq narsa olinadi. Lekin niyatimiz dollar yoki go‘sht ortsa so‘mga hisoblaganda pul miqdori ko‘payishi emas. Nima qilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 100$ olgan bo‘lsa 100$ beradi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:07 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar