Kup soatlik ishda ishlash hukmi
Assalomu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh, Hurmatli Shayh hazratlari Alloh Taolo qilayotgan barcha hayirli ishlaringizga barakot ato etsin, ilmingizdan doim bahramand bulib yurishlikni Alloh barchamizga nasib etsin inshaalloh. Qimmatli voqtingizni olganim uchun oldindan uzur surayman. Savolim shundan iboratki: Maruzalarning birida umrning katta qismini ishlab utkazish yahsi emasligi eshittim. Risqni Alloh uzini ulchami bilan bergan, shuni uchun kup ishlash shart emas deyilgan ekan. Men Rossiya‘da oilam farzandlarim bilan yashayman, Chet el kompaniyasida bulim bosligi bulib ishlayman. Kunimning katta qismini ish joyimda utkazaman, uyda ertalab 7 dan kechqurun 9 gacha bulmayman, bir oyda faqat 2 yakshamba dam olaman. Oilam va bollarimni tarbiyasiga, uzimga voqt ajratishim juda qiyin. Maoshim yahshi bulgani uchun bir necha yil davomida ishlab kelayapman, lekin bollarim katta bulgani sayin ularni tarbiyasiga voqt ajratishim kerakliga amin bulayapman. Asil kasbim uqituvchi, maktabga borib uqituvchilik qiladigan bulsam oyligi juda kam. oilam va bollarimni, uzimni diniy ahloqiy muhitimizni yahshilash uchun oyligi kam, lekin hafta davomida ish soati kam bulgan ishga utishim joizmi? shu masalada biron bir maqolangiz bormi? qaerdan topib uqisam buladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh sizni uz panohida saqlasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunga oid maqola va ma’lumot tez kunlarda nashr etiladigan “Ijtimoiy odoblar” nomli kitobda bor. Duo qilib turinglar, chiqqanda birga o‘qiymiz.Hozircha o‘zingizga qarang. Qaysi taraf ustin bo‘lsa, o‘shani qiling. Ikki tarafni birdan olish imkoningiz bo‘lsa, yaxshi bo‘ladi.
3 May 2022, 14:23 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom