Qimorga kiradimi?

Assalomu alaykum! Telefonda bir o‘yin bo‘lib, unda turli xil musobaqalar o‘tkaziladi. U musobaqada qatnashish uchun musobaqa o‘tkazuvchisiga qatnashuvchilar malum bir miqdorda pul berishadi va yakunda 256 kishidan 16tasi sovringa ega bo‘ladi. Shu qimor emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aytganingizdek bo‘lsa qimor. Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Shu qoidaga tushgani uchun joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Qimor ikki ishdan iboratdir. Bir tarafdan pul to‘lanishi aniq, nariga tarafdan to‘lanishi aniq emas. Ikkinchisi pul tikkan kishining holati ikki qismga bo‘linadi. Tikkan puli to‘laligicha botib yo‘q bo‘ladi yoki narigi tarafning molini to‘laligicha tortib keladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar