Ramazon ruzasini kazosini tutish

Assalomu alaykum raxmatulloxu va barakotux Shayx Xazratlari. Men 24 yoshimdan boshlabgina ramazon ruzasini tutishni boshladim, xozir yoshim 27da. Ustoz men necha yillik ruza kazosini tutishim kerak buladi? Xar bir kunlik ramazon ruzasining kazosi 60 kun deb ukidim, shu xolda men bir yilda 30 kunlik ruzani kazosini 1800 kunda tutib bera olar ekanman. Bu deyarli 5 yilga tugri keladi. Men yil buyi ruza tutib yursam xam ulgurishim amrimaxol bular ekan. Shu xolda kanday yul tutsam buladi?Sizga oldindan katta raxmatAlloxim sizni uz xifzu ximoyasida asrasin.Assalomu alaykum raxmatulloxu va barakotux.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Balog‘atga etgandan – uyquda bulg‘angandan boshlab ibodatlar farz bo‘ladi. Siz hayotni oddiy tarzda o‘tkazib, imkon topganda qazolarni ado etib boravering.

21 Aprel 2022, 07:41 | Savol-javoblar | 163 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar