Qur’on xatm qilish xaqidagi 6993-savol xaqida
Assalomu alaykum! 6993 savol javobidan iktibos: " ... Agar Qur’onni to‘g‘ri va tajvid bilan o‘qiy olsangiz o‘qishingiz mumkin. Aks holda “qancha Qur’on o‘quvchilari bor, Qur’on uni la’natlaydi” degan hadisning ostiga tushib qolmang. Bu hadisning ko‘p ma’nolari bo‘lib, ulardan biri Qur’onni bilmay o‘qiguvchilardir. ... " Chet eldaman, masjid imomiga o‘rgating dedim. Xarf o‘rganib kel dedi, o‘rganib bordim. Birdaniga Musxafni berib boshidan o‘qitishni boshladi, xarflarni urishtirib o‘qishni tetapoya qilib o‘rgandim, ikki oydan keyin o‘zing tilingda tajvidni nazariyasini o‘rgan dedi. O‘rganishni boshladim, karantin boshlandi, masjidlar yopildi. Chala koldirmay, yana xarf urishtirib o‘qiyapman. Karantindan keyin botajvid o‘qishni yonida o‘rganaman. Bugungi 6993-savoldan keyin savol paydo bo‘ldi. Men bu xadisga kirib qolmayapman-ku, qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz harakatda bardavom bo‘ling. U gap hech ham harakat qilmaydiganlarga tegishli. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 161 | Qur’oni karim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz harakatda bardavom bo‘ling. U gap hech ham harakat qilmaydiganlarga tegishli. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 161 | Qur’oni karim