Duo qilishdan oldin

Assalamu alaykum! Ustozlar savol men namozni tugatganimdan keyin, zikrlarni qilib, tilovatni bag‘ishlab bo‘lgandan keyin, avval namozdagi salovatni aytaman. Keyin Allohdan oxiratda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shafoatlarini nasib etishini so‘rab, keyin boshqa duolar qilaman. Shunday duo qilishim to‘g‘rimi? Javob uchun oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Banda namozdan keyin hoxlagan dunyo va uxroviy yaxshi narsalarni so‘rasa bo‘laveradi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:03 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar