Roziligi bo‘lmasa, onlayn darslarni saqlab olish

Assalomu alaykum! Men bir necha yillardan beri Ingliz tili va IELTSda dars berib kelaman. Alloh bergan ilmim orqali rizq topaman. Hammaga ayon, karantin tufayli darslar ham onlayn tarzda ZOOM platformasida olib borilmoqda. Biz o‘quvchilardan oylik haq olib ilm beramiz va darslarmiz hozir onlayn olib borilayotgani sababli ZOOM patformasida presentatsiya orqali dars o‘tyabman. Men u prezentatsiyalarni tayyorlash uchun o‘z ilmimdan foydalanganman, o‘zim mehnat qilganman va tarqalib ketishini hohlamayman albatta. O‘quvchilar dars boshlanishida avval onlayn darslarda qatnashib ilm olish sharti asosida to‘lov qilishad ya’ni keloshuvda darslari video zapis qilish bo‘lmaydi. Darslar davomida o‘quvchilar men presetatsiya qilayotganimda zapis qilishni so‘rashadi. Birinchi savolim: shu vaziyatda men ularga zapis qilishga ruhsat bermaslikka haqqim bormi? Ikkinchi savol: menga bildirmasda pinhona zapis qilib olishsa uni hukmi qanday bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zi foydalanishi uchun yozib olishdan man qilishga haqqingiz yo‘q. Chunki u o‘sha darsni haqini to‘lamoqda. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 148 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar