Aza tutish haqida
Assalomu alaykum! Akam olamdan o‘tib qoldi. Aza 3 kun bo‘ladi, jumalik, 20lik, 40lik degan gaplar qanchalik to‘g‘ri? Marakada qo‘y so‘ymoqchimiz, mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida ehson qilish, tilovat Qur’on qilish, mag‘firatlarini so‘rab duo qilish va savoblarni bag‘ishlash shariatimizda targ‘ib qilingan ishlardandir. Marhumlar xuddi botqoqqa botgan, onasi emish keltirishini kutib turgan polaponlar kabi ojiz va muhtoj bo‘ladilar. Ularning haqqiga ehson va tilovati Qur’on qilishni farzandlar kunlik vazifamiz qilib olishimiz kerak. Ehsonning katta yoki kichigi bo‘lmaydi, hatto yo‘lda turgan toshni chetga surib, o‘tgan ketganga salom berib savobini bag‘ishlash ham ehson hisoblanadi. Aslida bular holis riyosiz bo‘lgani uchun ehsonni qilib faxrlanadiganlaridan ko‘ra afzaldir. Tug‘ilgan kunni, 3, 7, 20, 40 va vafot topgan kuni, payshanba, hayit, necha yilligini yoki necha yoshga kirganini belgilab ehson qilish bid’atdir. Bu kimlarnidir “hech bo‘lmasa shuni qilgin” qabilidagi maslahati bo‘lgan bo‘lsa kerak. Buni tark qilish vojib. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 09:55 | Савол-жавоблар | 170 | Dolzarb savollar