Zulm qilmayapmanmi?

Assalomu alaykum! Mani bir tanishim bor, oldin taqvo yo‘lida yurgan, lekin zalolat yo‘liga kirib eriga xiyonat qildi. Ya’ni zino qildi, hozir ajrashgan ko‘rishib qolsak man unga qilgan ishlarini yuziga aytib qattiq gaplar gapirib qo‘yaman. Chunki qanaqib u shu ishni qildi aqlimga sig‘dirolmadim. U “Hozir tavba qilganman ming pushaymonman” deb aytadi. Man unga qilgan ishlarini eslatib zulm qilib qo‘ymaymanmi?
2). Agar u birorta  boshqa bilan turmush qursa o‘sha odamdan farzandli bo‘lsa u erkak tug‘ulgan farzandni haqiga xiyonat qilgan bo‘midimi? Man bir maruzada eshitkandim farzandni ota ustidigi haqlari bor uladan bittasi soliha joydan uylanish kerak farzandni onasi soliha bo‘lishi kerak deb. Yuqoridagi ayoli soliha deb hisoblasak bo‘ladimi tavba qiganligiga ishonch bo‘lsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Malomat qilishni to‘xtating. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ عَيَّرَ أَخَاهُ بِذَنْبٍ لَمْ يَمُتْ حَتَّى يَعْمَلَهُ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim birodarini bir gunohda ayblasa, o‘zi o‘sha (ish)ni qilmay turib o‘lmaydi», dedilar». Sharh: Birovlarning aybini behuda ravishda, g‘iybat tariqasida gapirish o‘z egasining boshiga kulfat keltiradi. Tavba qilib, xatosini yashirib yurgan odamlarni ayblash yaxshi emas. Ammo tavba qilmay, oshkora tarzda gunoh qilib yurganlarni tanqid qilish joiz. ("Hadis va Hayot" kitobidan). 2). Haqiqiy tavba qilgan bo‘lsa xiyonat qilgan bo‘lmaydi. قَالَ، فَجَاءَتِ الْغَامِدِيَّةُ، فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنِّي قَدْ زَنَيْتُ فَطَهِّرْنِي، وَإِنَّهُ رَدَّهَا، فَلَمَّا كَانَ الْغَدُ، قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، لِمَ تَرُدُّنِي؟ لَعَلَّكَ أَنْ تَرُدَّنِي كَمَا رَدَدْتَ مَاعِزًا، فَوَاللهِ إِنِّي لَحُبْلَى، قَالَ: «إِمَّا لَا فَاذْهَبِي حَتَّى تَلِدِي»، فَلَمَّا وَلَدَتْ أَتَتْهُ بِالصَّبِيِّ فِي خِرْقَةٍ، قَالَتْ: هَذَا قَدْ وَلَدْتُهُ، قَالَ: «اذْهَبِي فَأَرْضِعِيهِ حَتَّى تَفْطِمِيهِ»، فَلَمَّا فَطَمَتْهُ أَتَتْهُ بِالصَّبِيِّ فِي يَدِهِ كِسْرَةُ خُبْزٍ، فَقَالَتْ: هَذَا يَا نَبِيَّ اللهِ قَدْ فَطَمْتُهُ، وَقَدْ أَكَلَ الطَّعَامَ، فَدَفَعَ الصَّبِيَّ إِلَى رَجُلٍ مِنَ الْمُسْلِمِينَ، ثُمَّ أَمَرَ بِهَا فَحُفِرَ لَهَا إِلَى صَدْرِهَا، وَأَمَرَ النَّاسَ فَرَجَمُوهَا، فَيُقْبِلُ خَالِدُ بْنُ الْوَلِيدِ بِحَجَرٍ، فَرَمَى رَأْسَهَا فَتَنَضَّحَ الدَّمُ عَلَى وَجْهِ خَالِدٍ فَسَبَّهَا، فَسَمِعَ نَبِيُّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سَبَّهُ إِيَّاهَا، فَقَالَ: «مَهْلًا يَا خَالِدُ، فَوَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَقَدْ تَابَتْ تَوْبَةً لَوْ تَابَهَا صَاحِبُ مَكْسٍ لَغُفِرَ لَهُ»، ثُمَّ أَمَرَ بِهَا فَصَلَّى عَلَيْهَا، وَدُفِنَتْ Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: G‘omidiya ayol kelib «Ey Allohning Rasuli! Men zino qildim. Meni poklang» dedi. Uni qaytarib yubordilar. Ertasi kun bo‘lganida u yana kelib: «Ey Allohning Rasuli! Meni nimaga qaytaryapsiz? Siz meni Mo’izni qaytarganingiz kabi qaytarmoqchimisiz. Allohga qasam, albatta men homiladorman» dedi. «Ammo, yo‘q. Toinki tuqquningcha (kelma)» dedilar. Vaqtiki tuqqach, go‘dakni bir matoga o‘rab keldida: «Tug‘dim» dedi. U zot: «Borda sutdan chiqarguningcha emiz» dedilar. Vaqtiki sutdan chiqargach, go‘dakni olib keldi. Qo‘lida bir bo‘lak non bor edi: «Ey Allohning Nabiysi ! Sutdan chiqardim. Batahqiq u taom edi» dedi.  U zot go‘dakni musulmonlardan bir kishiga berdilar va buyurdilar, ayolni ko‘kragigacha ko‘mildi. Insonlarga amr etdilar, uni toshbo‘ron qilishdi. Xolid ibn Valid bir toshga yuzlandi va ayolni boshiga otdi. Qon Xolidning yuziga sachradi bas, uni (ayolni) so‘kdi. Bu so‘kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga etib kelgandi:  «Sekin Ey Xolid! Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, batahqiq u shunday bir tavba qildiki, agar soliq sohibi shu kabi tavba qilsa albatta kechirilardi» dedilar.  So‘ngra buyurdilar, unga janoza o‘qildi va dafn qilindi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Muslim). Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 09:56 | Савол-жавоблар | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar