Uy sotish savdosi

Assalomu alaykum! Bu savolni so‘rab berishimni iltimos qilishdi. Xonadon egasi uyini sotish uchun e’lon bergan. Rieltor ayol bu uyga xaridor topgan, xaridor uyni borib ko‘rgach ma’lum bir narxga kelishishgan, lekin aniq bir fikrga kelmay tarqalishgan. Vaqt o‘tib xonadon egasi rieltor ayoldan zaklad so‘ragan, rieltor ayol xaridor bilan gaplashib ularni roziligi  asosida o‘z mablag‘idan ma’lum bir summa zaklad bergan, lekin xaridor shu kunni o‘zidayok fikridan qaytgan. Xaridor uy egasi bilan aloxida gaplashganidan keyin uydan ba’zi jixozlarni olib chiqib ketishi, ba’zi narsalarni berkitganini  ma’lum bo‘lgan va shu narsa uni fikridan qaytargan. Rieltor ayol uy egasidan o‘z pulini so‘ragan, sotuvchi esa xozir bu pulni qaytara olmasligini va uy batamom  sotilgach zakladni berishini aytgan. Rieltor  rozi bo‘lgan, vaqt o‘tib uy sotilgan, rieltor ayol pulini so‘raganda sotuvchi bu pulni qaytarmasligini, uy u mo‘ljal qilgan narxdan arzonroq sotilganini aytgan. U “Agar arzonga sotilsa zakladni qaytarmayman” deb aytganman degan, lekin bunday kelishuv bo‘lmagan. Uyga avval xaridor bo‘lgan xonadon esa kelishuv o‘sha kuniyoq rad etilganini aytishgan. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar Mul qaytarilishi kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zakladni o‘rtada turgan odamga qaytarib berishi shart. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 09:56 | Савол-жавоблар | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar