Sportga stavka tikish haqida
Assalomu alaykum! Shunday sayt borki unda sportga stavka ya’ni pul tikiladi. Tikilgan pulni yutish ham yutkazish ham mumkin, misol barselona, real madrid o‘yini bo‘layotgan bo‘sa shu ikkisidan birini yutishiga tikib yutish ham yutkazish ham mumkin. Shu stavka qilib yutgan pullar halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ayni qimor bo‘lib, bu haqida Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 90. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochar) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, zafar topsangiz. Arab tilida «xamr» so‘zi «to‘sish», «berkitish» ma’nolarini anglatadi. Tanovul qilgan kishining aqliga ta’sir etadigan, uning aqlini to‘sadigan, berkitadigan, boshqacha qilib aytganda, mast qiladigan har bir narsaga «xamr» deyiladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarida «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir, har bir xamr haromdir», deyilgan. Bundan anglashiladiki, «Aroqdan boshqa narsalarni ichsa bo‘laveradimi?», «Ichmasa-yu, cheksa nima bo‘ladi?» kabi savollar, shuningdek, «Aroqning o‘zi harom emas ekan-u, mast qilishi harom ekan», deganga o‘xshash «sharh»lar hammasi o‘rinsiz va mantiqsiz gaplardir. «Qimor» aslida arabcha so‘z, ammo oyatda aynan «qimor» so‘zi emas, balki uning murodifi – «maysir» so‘zi keltirilgan. Bu esa osonlik bilan mol topish ma’nosini bildiradi. Ya’ni qimorning haqiqiy ma’nosiga dalolat qiladi. But va fol ochadigan cho‘plar haqida avvalgi oyatlar tafsirida etarli ma’lumotlar berilgan. Alloh taolo ushbu oyatda xamr tanovul qilish va qimor o‘ynash kabi amaliy gunohlarni butga cho‘qinish va folbinga ishonish kabi kufr va shirk sanalgan ulkan ma’naviy jinoyatlarga tenglashtirmoqda. Ba’zi odamlar butga cho‘qinishdan qattiq hazar qiladilar, o‘lib ketsa ham bu ishni qilishga ko‘nmaydilar. Ammo aroqni ichaveradilar, qimorni o‘ynayveradilar. Folbinga borish haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Alloh taolo bu ishlarning barchasini qo‘shib-jamlab turib, bir xil baho bermoqda: «Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochar) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir», – demoqda. So‘ngra iymon keltirgan bandalariga xitob qilib: «Bas, undan chetda bo‘ling», – demoqda. Ya’ni «Shoyadki, ushbu ifloslikdan va shaytonning ishidan chetda turish mo‘min bandalarning najot topishlariga sabab bo‘lsa», – demoqda. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 09:56 | Савол-жавоблар | 166 | Halol va harom