Ahli Sunna Val Jamoa haqida ma’lumot
Assalomu alaykum hurmatli Shayx xazratlari, menga Axli sunna val jamoa xaqida ma’lumot bersangiz. G‘avsul Azam tariyqati haqida ham.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
AHLI SUNNA VA JAMOA MAZHABIAhli sunna va jamoa-sunnatga amal qiluvchi va ko‘pchilikni tashkil etuvchi kishilar. Hozirgacha musulmonlarning asosiy va jumhur ommasi e’tiqod va amal qilib kelayotgan aqidaviy va mufkuraviy mazhabning nomi. Islomning dastlabki davrlarida boshqa mazhab va oqimlar kabi Ahli sunna va jamoa nomi ham bo‘lmagan. Birinchi hijriy asrning birinchi yarimi oxirlarida turli siyosiy sabablarga ko‘ra musulmonlar safida ajralish paydo bo‘ldi. Avval xavorijlar toifasi, keyinroq shiy’a va boshqalar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ularga o‘ziga xos nomlar berila boshladi. Har tomon o‘zining haqligini isbot qilish uchun o‘z fikrini, yo‘nalishini himoya qilib gapira boshladi. Oqibatda har guruhning o‘ziga xos aqidasi shakillana boshladi. Boshqa firqalar ajralib chiqqanlardan keyin qolgan musulmonlarning asosiy ommasi Ahli sunna va jamoa deb atala boshladi. Bu ismda Payg‘ambar a-s.ning sunnatiga amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‘pchilik jamoasi ma’nolari o‘z aksini topgan edi. Shuning uchun ham Ahli sunna va jamoa ulamolari boshqa toifalarning hammasi bilan tortishganlar va ularning xato fikrlarini tanqid qilganlar. Avvalgi aqidaviy tortishishlar faqat Qur’on va hadis asosida bo‘lgan. Bu ma’noda hazrati Ali, Abdulloh ibn Abbos kabi sahobalarning xavorijlarning boshliqlari bilan olib borgan bahs va tortishuvlari Ahli sunna va jamoaning dastlabki dalil keltirish urinishlari bo‘lgan. Keyingi avlod musulmonlari ichidan Hasan Basriy va uning hamfikrlari namoyon bo‘lganlar.Islom davlati hududlarining kengayib borishi turli din, toifa, mazhab va mafkura atbo’larining musulmon bo‘lishi oqibatida aqidaviy masalalar yana ham murakkablashib ketdi. Buning ustiga turli tomonlardan musulmonlar aqidasini buzishga urinish va tanqid qilish ham avj oldi. Anashundoq murakkab holat Ahli sunna va jamoa aqidasi va fikrlarini ilmiy asosda jamlash va tartibga solishni taqozo qilib qoldi. Bu ishni musulmon olamining mashriq tomonida Abu Mansur al-Moturidiy as-Samarqandiy (870-994) va ikkinchi tomonida Abul Hasan al-Ash’ariylar uddaladilar. Bu ikki yirik olim musulmon olamining ikki tomonida bir-birlarini ko‘rmay yashagan bo‘lsalar ham bir xilda, bir yo‘nalishda barcha Ahli sunna va jamoani rozi qiladigan ilmiy asarlar yozishlari bu mazhabning haqiligi dalolatidir, deydi bohislar. Ahli sunna va jamoaning aqidaviy masalalari ikki o‘sha ikki olim shaxsga nisbat berilib, ash’ariya va moturidiya deb nomlanadigan bo‘ldi. Islom olamining mashriqida jumladan Movarounnahr, Anazo‘l, Xuroson va shu hududlarga yaqin joylarda Moturidiya yo‘nalishi tarqaldi. Boshqa Islom yurtlarida esa Ash’ariya yo‘nalishi tarqaldi. Ahli sunna va jamoa faqatgina aqida bobida emas, balki boshqa sohalarda ham o‘ziga xos mazhablarni birlashtirgandir. Ahli sunna va jamoaning fiqhiy mazhablari g‘olibiyat musulmonlar amal qiladigan hanafiy, hanbaliy, molikiy va shofe’iy mazhablaridir. Bu mazhablarning boshliqlari aqida bobida ham Ahli sunna va jamoa ekanliklarini ta’kidlash bilan birga o‘zlari ham shu yo‘nalishda ish olib borganlar. Ahli sunna va jamoaning o‘ziga xos tafsir maktabi ham bor. Ularning mashhur tafsirlari jumlasiga Abu Mansur al-Moturidiyning «Ta’vilotu ahli sunna», Abul Barakot Nasafiyning «Madoikut Tanziyl», Ismoil Haqqiyning «Ruhul Bayan» tafsirlari va boshqalar kiradi. Ahli sunna va jamoaning o‘ziga xos hadis sharhi maktabi ham bor. Bu maktabning yirik namoyondalari ichida Asqaloniy, qastaloniy, Badriddin Ayniy, Ali Qori kabilar bor. Shunga o‘xshash Islomiy ilmlarning barcha sohalarida Ahli sunna va jamoaning o‘z maktablari bor.Vaqt o‘tishi bilan Ahli sunna va jamoa muqobil bo‘lgan toifalardan shiy’alardan boshqa mazhab va toifalar deyarli qolmadi. Hozirgi kunda musumonlarning keng ommasi Ahli sunna va jamoaga mansubdirlar.G‘avsul A’zam tariyqati borligini men bilmayman.
21 Апрел 2022, 10:05 | Савол-жавоблар | 224 | Aqiyda