Tajvid xakida

Assalomu alaykum! Muhtaram Ustozlar, tajviddan ba’zi savollarimiz bor edi.
1. Ba’zi bir kishilar Qur’ondan boshqa arabiy duo, salovat va hadislarni o‘qiganlarida tajvidga amal qilishmaydi(xususan yutube tarmog‘idagi ba’zi o‘rgatuvchilar ham). Tanvindan keyin idg‘om xarflari kelsa ham nunni bildirib (an, in, un deb) so‘ng vaqf qilmay g‘unnali idg‘om xarfi vavni vasl qilib (ulab) o‘qishyapti. Bu arzimas xatomi? Yoki agar ma’nosi buzilmasa Qur’oni Karimdan boshqa arabiy matnlarni tajvid bilan o‘qish shart emasmi?
2. Qur’onda inna, anna, iza kabi kalimalar xamza bilan yozilarkan. Xamzaning esa aniq maxraji bor (xalkumning tubi, tovush paychalari mintaqasi). Ushbularga o‘xshash kalimalarni o‘qiyotganda harakalardan oldin xamza aytilishiga e’tibor beraylikmi yoki bu erda faqat xarakat o‘qiladimi? Bu kalimalarni o‘qiyotganda xamza beixtiyor chiqayotganga ham o‘xshayapti.
3. G‘unnali idg‘om xarflari vav va ya sukunli bo‘lib, vav-vavga, ya-yaga yo‘liqsa g‘unnali idg‘omdagi va ushbu ikki bir xil xarflarning idg‘omidagi idg‘omda farq bormi?
4. Jaxr bilan shidda sifatini hamda xams bilan roxova sifatini farki nimada?
5. Imola haqida bilmoqchi edik.
6. Mufassal tajvid kitobida kelgan Husaynxon qori Yaxyo Abdulmajiddan tuhfada Shotibiy tariqi va Misbox qasr tariqi orasidagi farqlar keltirilgan. Bular barcha farqlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1. Oyatdan boshqa matnlarda ma’no buzilmasa bo‘ldi, tajvidning qoidalari shart emas. 2. Arab tilida kalima hech qachon harakat, ya’ni unli tovush bilan boshlanmaydi. Harakat albatta harfga joylashadi, ya’ni unli albatta undosh ketidan keladi. Binobarin, mazkur o‘rinlarda albatta hamza va keyin harakat talaffuz qilinishi shart. Aks holda, bitta harf tushib qolgan bo‘ladi. Zotan, avvalda hamzani alif harfi bilan ifodalangan. 3. Farq bor albatta. Sukunli nun ketidan kelgan vav va yalarda g‘unnali idg‘om bo‘ladi, " av vazanuuhum" kabi ikki vav yoki yaning idg‘omida g‘unna bo‘lmaydi. 4. Jahr havoning, shidda tovushning kesilshi, to‘xtashi, hams tovushga aylanmagan nafasning chiqib ketishi, raxova tovushdagi cho‘ziluvchanlik, sirg‘aluvchganlik sifati. 5. Imola Hafs rivoyatida Hud surasida "majroha" kalimasida kelgan xolos. Bunda alifni madli yaga moyil qilib, ya’ni "e" ga o‘xshash tovush bilan aytishdir. 6. Ha. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 10:50 | Савол-жавоблар | 173 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar