Sadaqa kalimasi

Assalomu alaykum! Hurmatli hay’at azolari, tong otganda 3 marta kech kirganda 3 marta aytiladigan sadaqa kalimasini arabchasini yozib bersanggizlar. “Allohumma” bilan boshlanib “valakal shukr” bilan tugaydigan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! وروينا في "سنن أبي داود" بإسناد جيد لم يضعفه، عن عبد الله بن غنام بالغين المعجمة والنون المشددة، البياضي الصحابي رضي الله عنه، أن رسول الله صلى الله عليه وآله وسلم قال: من قال حين يصبح: اللهم ما أصبح بي من نعمة فمنك وحدك لا شريك لك، لك الحمد ولك الشكر، فقد أدى شكر يومه، ومن قال مثل ذلك حين يمسي فقد أدى شكر ليلته Abdulloh ibn G‘annom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tong otganida: اللهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ فَمِنْكَ وَحْدَكَ لاَ شَرِيكَ لَكَ، لَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ «Allohumma maa asbaha biy min ni’matin faminka vahdaka laa shariyka lak, lakal hamdu va lakash shukr», desa, kunduzning shukrini ado qilibdi. Kim shu duoni kech kirganida aytsa, kechaning shukrini ado etibdi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men bilan tong ottirgan ne’matlar Sen tomondandir. Sen yakkayu yolg‘izdirsan, Sening sheriging yo‘q. Senga hamd va shukrlar bo‘lsin.) Abu Dovud rivoyatlari. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 11:23 | Савол-жавоблар | 144 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar