is chikarish
Assalomu alaykum! Uyda qayna qaynatam is chiqarib turishadi. Osh damlab, chelpak qildiradi. Faqat qo‘y go‘shtidan deb uyda avlyo qilib olgan joylariyam bor. O‘sha erga sham yoqishadi. Azizlarga sherlarga ishonishadi. Turmush o‘rtog‘im necha marta buni to‘g‘ri emas katta shirk desa yoqtirishmay urishib tushinishmaydi. Men kelinman qil degandan keyin yo‘q deyolmayman. Osh damlab aytganlariday ishlarni qilaman. Menga gunoh bo‘ladimi qilsam? U qilingan narsalarni eyishga bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bu ishlarga aralashmang. Eyish ham joiz emas. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه) Hasandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh)
Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 11:23 | Савол-жавоблар | 156 | Oila va turmush