Musulmon ayollar atir sepishi

Assalomu aleykum! “Qaysi bir ayol xushbo‘ylansa, so‘ng masjidga chiqsa va boshqalar uning xidini sezsalar, toki janobatdan g‘usl qilgani kabi (g‘usl vojib bo‘lganda qilinadigan) g‘usl qilmagunicha, uning namozi qabul qilinmaydi”qilinmaydi. Imom Axmad. Ustoz bu xadis saxixmi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hujjatga yaroqlik. G‘usl qilsindan murod o‘sha hidini ketkazish edi. Bundan tashqari عن أبي موسى الأشعري قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: أيما امرأة استعطرت فمرت على قوم ليجدوا من ريحها فهي زانية Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qaysi bir ayol xushbo‘ylanib uni xushbo‘yligini bilishlari uchun bir qavmning oldidan o‘tsa, bas u zoniyadir” dedilar. وعن زينب الثقفية أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: إذا خرجت إحداكن إلى المسجد فلا تقربنّ طيبا . أخرجهما النسائي Zaynab Saqafiya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:   Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Biringiz masjidga chiqadigan bo‘lsa xushbo‘ylikka yaqinlashmasin” dedilar. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 11:23 | Савол-жавоблар | 188 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar