Pardoz qilish haqida
Assalomu alaykum! Ustozlar, uylanmaganman, men uylanmoqchi bo‘lgan qiz zamonaviy qizlardan bo‘lib, pardoz vositalaridan keng miqyosda foydalanadi, ko‘z-qoshini bo‘yash, qo‘l tirnoqlariga lak surtish, lablarini bo‘yash, unga: «qiz bolaning pardoz qilishi er uchun, odamlar e’tiborini tortmaydigan ranglardan foydalaning» dedim, u esa: «Qur’on yoki Hadisdan qiz bolaning bo‘yanishi mumkin emas taqliddagi xujjat keltiring» dedi. Uning ta’biri bilan aytganda: biz xali er-xotin emasmiz, qachonki Men uning eri bo‘lganimdan keyin yuqoridagi gaplarim o‘rinli bo‘lar ekan. Balog‘atga etgan qizning bo‘yanishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida qanday shar’iy xujjatlar mavjud? Javobingizni intiqlik bilan kutaman, Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar siz “zamonaviy”likdan hozirgi taraqqiyot topgan kunda inson manfaatlari uchun kerak bo‘ladigan ishlarda hissador, ilg‘or, bir necha til sohibasi, foydali ishlarga mashg‘ul degan narsani tushunsangiz(shunday tushunish kerak aslida) sizni aytgan gapingizni to‘g‘ri tushunishi kerak edi. Agar siz “zamonaviy”likdan avratini ochib yurish, buzuq ayollar iste’mol qiladigan laklarni surib yurish, eridan boshqalarga o‘zini jozibador qilib ko‘rsatishni tushunsangiz kelajakda sizga biroz qiyin bo‘ladi. Insonni bog‘lab turuvchi narsa qalb moyilligidan tashqari fikr va tushunchalar bir xilligi bo‘lishi ham kerak. Siz jumalar va ilmiy suhbatlarda bo‘lib, din haqida tushunchalarga ega bo‘lasiz va ilm hosil qilib unga amal qilishga harakat qilasiz. To‘ydan avval u qizni ham shunday suhbatlarga qatnashishi, tushunchasini to‘g‘rilashi, shunga rozi bo‘lsa turmush qurishishingizni ayting. Agar rozi bo‘lsa uylaning aks holda keyinchalik o‘nglanishi qiyin kechadi. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 149 | Islam