Ibodatga bo‘lgan munosabat
Assalomu Alaykum! Ustozlar, bilamizki namoz o‘qish bu Alloh tomonidan har bir musulmonga farz qilingan ibodat. Lekin afsuski bugungi kunda jamiyatimizda bu ibodatga bo‘lgan munosabatni yaxshi deb bo‘lmaydi. Mening ikki kursdoshim Toshkentda bir uyda ijarada bir necha kishi bo‘lib turishadi. Avvallari namozlarni o‘zlari jamoat bo‘lib o‘qishgan. Ammo bir kun do‘stlarimning birining otasi uni ko‘rgani kelib, namozni bir necha kishi jamoat bo‘lib o‘qishayotganini ko‘rib o‘g‘lini urushgan. Uning aytishicha, bizda masjidlardan tashqarida jamoat bo‘lib namoz o‘qish mumkin emas emish. O‘g‘lini hattoki “yana o‘qiyversang militsiyaga o‘zim tutib beraman” deb qo‘rqitib, umuman namoz o‘qimaslikka ko‘ndiribdi. Undan tashqari, o‘sha kursdoshimning bobosi kelib “sizlar hali yoshsizlar, namoz o‘qimasanglar ham bo‘ladi, menga o‘xshab 60dan oshgandan keyin o‘qisanglar ham bo‘ladi” degan ekan. Hozir o‘sha do‘stim umuman namoz o‘qimayapti va boshqa do‘stlarim ham qo‘rqib jamoat namozi o‘qimay qo‘yishdi. Bu vaziyatga qanday baho berasiz va nimalarni maslahat berasiz? Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Otaning ham boboning ham gapi shariatga zid bo‘lib, tezda tavba qilishlari farzdir. Shu bilan birga ularning gapidan keyin namozni tark qilganlar uchun berilgan gunohdan ham tenma-teng nasibador bo‘lishadi. Shariatimizda yomonlikka dalola qiluvchi ham o‘sha yomonlikni qiluvchi bilan barobar bo‘ladi degan qoida bor. Qolaversa, hukumatimiz qonunlarda ham namoz o‘qimasin degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 19:51 | Савол-жавоблар | 153 | Ibodatlar