joriyalar haqida

Assalomu Alaykum hazrat. Sizdan soramoqchi bolgan savolimga javob bersangiz,iltimos.Paygambarimiz :saw davrlarida kop oilalarda Joriyalar bolgan va men oqigan kitobda honadon hojainilarga joriyalar bilan birga bolish mumkun etilgan. SHu rostmi? ahir ular nikohlanmagan-ku bu zino hisoblanmidimi? hazrat savolim mantiqsiz korinsa avvaldan uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu erda gap kuldorlik xakida, xususan, xotin kishini kul (cho‘ri) tutish xakida ketmokda. Xulosa shuki, kulchilik Islomdan avval avj olgan va keng tarkalgan xodisalardandir. Islom birinchi bo‘lib kulchilikka karshi kurashni boshladi. Kul ozod kilishni ibodat darajasiga ko‘tardi. Insonlarni kul kilishni esa, katta gunox xisobladi. Bu masalada batafsil baxs yuritgan kitoblarga murojaat kilsak, Islom kulchilikning xamma eshiklarini berkitganini ko‘ramiz. Lekin voke’likni xisobga olib, fakat bir eshikni–urushdan asir tushganlarning eshigini ochib ko‘ygan. Cho‘ri tutishga berilgan ruxsat xam Islom dushmanlari tomonidan maxkam tutib olinib, aksil tashvikotlariga bayrok kilib yuriladi. Natijada dunyoda Islom olami deganda, bexabarlarning ko‘z oldiga fakat ko‘pxotinlilik va cho‘ri ayollar keladigan bo‘lib kolgan.Ammo, bu masalaga voke’lik nuktai nazaridan karalgandagina uning moxiyatini to‘la tushunish mumkin.O‘sha davrlarda tez-tez urushlar bo‘lib turar edi. Tabiiyki, urush bor joyda o‘lim bor, asir tushish bor. Dushman tomon musulmonlardan asirga tushgan erkaklarni kul, ayollarni cho‘ri kilar edi. O‘z-o‘zidan musulmonlar xam shunga yarasha muomala kilishga majbur edilar. Avvalo, imkoni boricha asirlarga yaxshi muomalada bo‘lishga, ularni ozod kilishga targib kilinardi. Paygambarimizning sollalloxu alayxi vasallamning siyratlariga bagishlangan kitoblarni o‘kiganimizda bunga ko‘plab misollarni topamiz. Kul yoki cho‘ri tutishga to‘gri kelib kolganda esa, o‘ziga yarasha xukmlarga amal kilish lozim bo‘lar edi. Asirga tushgan muslima ayollarga nisbatan kofir va mushriklar vaxshiyona munosabatda bo‘lishlariga karamay, musulmonlar o‘z ko‘llariga tushgan asira ayollarga shariat ko‘rsatmalari asosida go‘zal munosabatda bo‘lar edilar. Ularni ozod kilib yuborishga targib xakida gapirib o‘tdik. Endi mobodo tutib kolishga karor kilinsa, nima bo‘lishini o‘rganaylik.Deylik, bir ayol asirga tushdi. Bir uyda yashamokda. Oy o‘tadi, yil o‘tadi. Lekin u xam ayol, inson, joni bor, nafsi bor. Yomon yo‘lga kirib, Islom jamiyatidagi erkaklarni yo‘ldan urib yashasinmi? Yoki o‘ziga ega bo‘lgan odam bilan xalol-pok shar’iy alokada bo‘lsinmi? Bu esa, o‘sha ayolning kelajakda xur bo‘lishiga yo‘l ochadi. Agar xojasi unga uylansa, uning insoniylik karomatini kayta ko‘targan bo‘ladi. Bunday xolatlarda ko‘prok xur er o‘zining cho‘ri xotinini ozod kiladi. Ammo ozod kilmay, cho‘ri xolida olib yursa xam, tugishi bilan ayol ummu valad xisoblanadi. Shariat bo‘yicha, uni sotish mumkin bo‘lmay koladi. Xamda xojasi vafot etgan kuni u ayol ozod xisoblanadi. Agar xoja cho‘riga uylanmay, uni cho‘ri ma’nosida o‘zi bilan olib yursa xam, ayol tugishi bilan ummu valadga aylanadi va xojasi vafot etgan kuni ozod bo‘ladi. Ushbu xolatni gayrimuslimlarning ko‘liga tushib kolgan ayollarning xoli bilan solishtirib ko‘ring-a, nima fark borligini ko‘rasiz. Islomning ilk davridagi xolni ko‘yaturing, bugungi kunimizdagi –tarakkiyot, madaniyat va inson xukuklari da’vosini kilayotgan milodiy yigirmanchi asrning so‘nggi yillaridagi xolatga solishtiring. Asira ayollarni nimalar kilishmayapti. Gurux-gurux bo‘lib tinimsiz zo‘rlashdan tortib, ularni foxisha filgmlar kilib, bozorda sotishgacha borishyapti. Insonlik ma’nolarini oyok osti kilishyapti. Bu daxshatli ishlar cho‘ri tutishga ruxsat bergani uchun Islomga tuxmat toshini otayotgan Ovrupaning kok markazida sodir etilyapti.

21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 208 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar