Qadr kechasi o‘qiladigan duo

Assalomu alaykum! Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Men: «Yo Rasulalloh, agar Qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam, nima deb duo qilay?» – dedim. (Shunda) Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sen: «Allohumma innaka ’afuvvun, tuhibbul ’afva fa’fu ’anniy», deb aytgin»,– dedilar» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati). Ushbu xadisdagi duoga men kushimcha kilib "...kariymun..." suzini kib aytaman. Bu sunnatga zid bulib kolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Imom Termiziyning “Sunani Termiziy” kitoblarining ba’zi bir nusxalarida “kariymun” so‘zi ham qo‘shib keltirilgan. Ba’zilar o‘sha qo‘shilgan so‘z Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari emas – deyishadi. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 11:59 | Савол-жавоблар | 157 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar