Iftorlikning vakti utib ketsa
Assalomu alaykum xurmatli shayx xazratlari. Xurmatli shayx xazratlari, men sizdan iftorlikning vakti utib ketsa, ya’ni ogizni uz vaktida ochmaslik xakida suramokchi edim. Bir gazetada ukib koluvdim, unda yozilishicha agar ruzador ruzani, ogzini uz vaktida ochmasa, kechkurun tushib, xamma joy korongi bulib ketsa ruzador ruzasini bu kuni ochmasdan keyingi kuni ochishi lozim bular ekan. Shu tugrimi? Sizdan iltimos, shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz xurmatli shayx xazratlari. Agarda bema’ni savol bergan bulsam sizdan uzr surayman. Alloxim sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz menimcha, o‘qigan narsangizni tushunmabsiz. Aslida esa, gap quyidagicha:«Baro roziyallohu anhudan rivoyat: «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan qachon bir kishi ro‘zador bo‘lsayu iftor bo‘lganda iftor qilmay uxlab qolsa, o‘sha kechasi va ertasiga kunduzi, to kech kirmaguncha taom emas edi. Qays ibn Sirma ro‘zador edi. Iftor bo‘lganda xotinini oldiga kelib, «taoming bormi?»-dedi. Xotini:«Yo‘q. Lekin, borib senga taom keltiraman», dedi. U kunduzi ishlar edi. Ko‘zi ilinib uxlab qoldi. Xotini qaytib kelib, uni ko‘rib, sho‘ring qurisin, dedi. Ertasiga kun yarimlaganda hushidan ketib yiqildi. Bu narsa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga zikr qilindi va ushbu oyat nozil bo‘ldi: «Sizlarga Ro‘za kechasida ayollaringizga yaqinlik qilish halol qilindi...». Buning uchun juda ham xursand bo‘ldilar. Shuningdek: «Va to oq ip qora ipdan ajraguncha eb ichinglar» ham nozil bo‘ldi». Buxoriy, Abu Dovud va Nasa’iy rivoyat qilgan.Boshqa rivoyatda esa: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning davrlarida Xuftonni o‘qiganlaridan keyin odamlarga taom, sharob va ayollar harom bo‘lar edi va yanagi kechaga ro‘za tutar edilar. Bas, bir kishi o‘z nafsiga xiyonat qildi, Xuftonni o‘qib bo‘lib, iftor qilmay turib, xotiniga yaqinlik qildi. So‘ngra Alloh o‘shani qolganlarga oson, ruxsatli va manfaatli qilishni iroda qildi. Bas, Ul pok zot: «Alloh, albatta, siz o‘z nafsingizga xiyonat qilishingizni bildi. Bas, U sizlarni kechirdi va afv qildi...» oyatini oxirigacha tushirdi. Sharh: Ushbu ikki rivoyatda dastlab ro‘za farz bo‘lgan vaqtida hukmi hozirgidan boshqacha bo‘lgani, o‘ziga yarasha qoidalari bo‘lgani haqida so‘z ketmoqda. O‘sha dastlabki qoidalarga binoan iftor vaqti quyosh botgandan to xufton nomozi vaqti kirguncha bo‘lgan, xolos. Agar o‘sha vaqt ichida iftor qilib olinmasa, undan keyin yana iftor vaqti kelmaguncha eb-ichishga ruxsat bo‘lmagan. Shuningdek, ro‘za paytida kechasi ham eru xotin jinsiy yaqinlik qilishlariga ruxsat bo‘lmagan. Bu o‘ziga xos tarbiya usuli bo‘lib, Alloh taolo musulmonlarga xohlagan shaklda ro‘za ibodatini amr qilishi mumkinligini, lekin eng oson va foydali yo‘lini ixtiyor etayotganini tajribada ko‘rsatgan.Albatta, yuqorida zikr qilinganidek, iftor vaqti faqat Shom bilan Xufton orasida bo‘lishi va Ro‘za kechasida jinsiy aloqalarni man’ qilinishi o‘ziga yarasha qiyinchiliklar tug‘dirishi turgan gap. Shundoq bo‘ldi ham. Musulmonlar hayotida bu ikki masalada ham ibrat oladigan voqealar bo‘lib o‘tdi. Ana shundan keyingina Alloh taolo Ro‘za tutish bo‘yicha bir oz qiyin bo‘lgan hukmlarni bekor qilib, bandalarga engillik yaratdi. Bunga esa musulmonlar hayotida bo‘lib o‘tgan ikki hodisa sabab bo‘ldi.Birinchi hodisa qahramoni Madina ahlidan bo‘lgan, ansoriy sahobalardan Qays ibn Sirma roziyallohu anhu edilar. U kishining xurmo bog‘lari bor edi. Qays roziyallohu anhu kun bo‘yi o‘sha bog‘da mehnat qilar edilar. Bir kuni ro‘za tutgan hollarida, kechgacha bog‘da ishladilar. Iftor yaqin qolganda uyga kelib xotinlaridan, iftor qilgudek taom bormi, yo‘qligini so‘radilar. Ayol tayyor taom yo‘qligini, lekin bir ozdan so‘ng keltirishini aytib, taom keltirgani chiqib ketdi. Kun bo‘yi bog‘da ishlab charchagan Qays ibn Sirma roziyallohu anhu uxlab qoldilar. Taom olib kelgan xotin erini uxlab yotganini ko‘rib, sho‘ring qursin, uxlab qolibsanku, dedida rahmi kelib uyg‘otmadi. Shundoq qilib Xufton vaqti bo‘ldi. Qays roziyallohu anhu iftor qilish haqidan mahrum bo‘ldi. Ertalab yana bog‘ga ishlagani ketdi. Ikki kun qatorasiga, orada ovqat emay, ro‘za tutib, bog‘da mehnat qilgan Qays ibn Sirma kun yarim bo‘lganda hushdan ketib yiqildilar. Bu hodisa xabari darhol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga etib bordi. O‘z-o‘zidan hammada savol paydo bo‘ldi. Ro‘zani ana shundoq qiyinchilik bilan tutilaveradimi yoki boshqa biror o‘zgarish bo‘ladimi? Javob esa Alloh taolo tomonidan keldi. U zot azza va jalla mo‘min-musulmon bandalariga lutfu-karam ko‘rsatdi, Ro‘za ibodatida ularga osonlik yaratdi. Ramazon ro‘zasi kechalarida ham xotinlarga jinsiy yaqinlik qilishga ruxsat berdi. Iftordan keyin esa, to tong otguncha taom va sharobga ruxsat berdi. Bu lutfu marhamatdan mo‘min musulmonlar behad shod bo‘ldilar.Ikinchi hodisa qahramoni ismi rivoyatda ochiq aytilmagan. Ehtimol u kishining hurmatlaridan shundoq qilingan bo‘lsa kerak. Aslida esa, bu hodisa qahramoni kim ekanligi ham ma’lum va mashhur. Mazkur hodisa qahramoni hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhudirlar. U kishi iftordan keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan gaplashib o‘tirib, so‘ngra o‘ylariga kelganlar va xotinlariga birga bo‘lish istagini bildirganlar. Xotinlari esa, men uxlab turdim, deganlar. Ya’ni, uxlamasam shariyat hukmi bo‘yicha joiz edi, ammo men uxladim, endi shariyat hukmi bo‘yicha menga yaqinlik qilishingiz mumkin emas, deganlari edi. Ammo, hazrati Umar, uxlaganing yo‘q, dedilarda yaqinlik qildilar. O‘zlari bilib turib, o‘z nafslariga xiyonat qildilar. So‘ngra afsus nadomat qilib, borib hodisani Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytib berdilar. Ana shunda: «Alloh, albatta, siz o‘z nafsingizga xiyonat qilishingizni bildi. Bas, u sizlarni kechirdi va avf qildi....» oyatni oxirigacha nozil qildi.Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:1. Ro‘za dastlab farz qilingan vaqtda iftor vaqti quyosh botgandan xufton vaqtigacha bo‘lgani.2. Xufton vaqtigacha iftor qila olmay, jinsiy yaqinlik qila olmay uxlab qolgan kishiga yanagi iftor vaqti kelguncha taom, sharob va xotin harom bo‘lgan.3. Keyin mazkur hukm nasx qilinib quyosh botgandan to tong otguncha taom emoq, sharob ichmoq va jinsiy yaqinlik joiz bo‘lgan.4. Hozir tutadigan ro‘zamiz juda ham oson turdagi ro‘za ekani. Agar Alloh xohlasa, qiyin qilib qo‘yishi ham mumkin ekanligi.
21 Апрел 2022, 11:59 | Савол-жавоблар | 154 | Boshqa ibodatlar