Bola oldirish

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir 3 farzandi bor qarindoshim homilador bo‘lib qoldi. Eri «homila rivojlanmasdan avval oldirib tashlagin, gunohi menga»  deb aytibdi. Qiyomatda hech kim hech kimni gunohini bo‘yniga oladigan kun emasku. Ayol Allohdan qo‘rqib «yo‘q qanday oldiraman” deb aytibdi. Bu erda homila onani sog‘ligiga mutalqo xavf solmayapti. Muammo shu. Oilani saqlab qolish uchun abort qilsa joizmi? Agar dinimiz abortga ruxsat bermaydigan bo‘lsa, men ularga “bolani dunyoga keltiraver, men o‘zim boqib, katta qilaman” deb aytmoqchiman. Lekin bu muammoga aqlim etmaganligi uchun o‘zboshimchalik qilgim kemadi. Shunga sizlardan so‘ray degandim. Javobingiz uchun katta rahmat. Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar er shunga rozi bo‘lsa, shunday deyish ham kerak. Bola tug‘ilaversin Alloh taolo O‘zi bir yo‘lga boshlaydi. Hech qanday sababsiz bolani oldirish, bir tirik odamni o‘ldirish bilan barobardir. Bu oldirishning ota va onaga bo‘ladigan zarari, ya’ni kasofati og‘ir bo‘ladi. Hayotda bunga juda ko‘p bora guvoh bo‘ldik. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 12:09 | Савол-жавоблар | 213 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar