O‘t pufagi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Ro‘za tutishni niyat qilgandim, ishxonamizda yilda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tiladi, terapevtni aniqlashicha o‘t pufagim yaxshi ishlamyatgan ekan, duspatalin va ursomak degan dori yozib berdi. Bir oy dorilarni ichishim kerak ekan. Men terapevtdan ro‘za tutishim mumkinmi desam tutmay turing uzok vaqt ovqat istemol qilmasang tosh paydo bo‘lishini aytdi. Ro‘za tutsam bo‘ladimi? Oldindan sizlarga rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tutib ko‘rasiz, agar salomatligingizga aniq ziyon etsa, unda boshqa payt tutib berishingiz farz. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 12:09 | Савол-жавоблар | 200 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar