Tukni olish kerakmi?

Assalomu alaykum! Orqa chiqaruv yo‘li atrofidagi tuklarni olish shartmi yoki shart emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U erlar ham olinadi. Shu o‘rinda xalqimiz ichida tarqalib ulgurgan musulmon erkak va muslimalarga yarashmaydigan odatni aytib o‘tsak. Erkaklar ayollar huzuriga borib qo‘ltiq osti yunglarini oldirishi, sochlarini oldirishi halol emas. Shuningdek ayollar ayol kishi sartaroshlar huzurida kindik osti tuklarini oldirishlari ham halol emas. Bu o‘ta og‘ir gunoh, buni tug‘ruq holatidagi doyalarga avratini ochishga mutloq aloqasi yo‘q. Ayol kishi kindigidan tizzasigacha bo‘lgan joyini ayol kishiga ochib berishi erkak kishiga ochib berish bilan barobar bo‘ladi. Alloh taolo “Nur” surasida marhamat qiladi :  وَقُل لِّلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَى جُيُوبِهِنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ آبَائِهِنَّ أَوْ آبَاء بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَائِهِنَّ أَوْ أَبْنَاء بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي أَخَوَاتِهِنَّ أَوْ نِسَائِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُنَّ أَوِ التَّابِعِينَ غَيْرِ أُوْلِي الْإِرْبَةِ مِنَ الرِّجَالِ أَوِ الطِّفْلِ الَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا عَلَى عَوْرَاتِ النِّسَاء وَلَا يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِن زِينَتِهِنَّ وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَا الْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ۝ 31. Mo‘minalarga ayt: «Ko‘zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, zohir bo‘lgani mustasno. Ro‘mollarini ko‘kslariga to‘sib yursinlar. Erlaridan, yo otalaridan, yo erlarining otalaridan, yo o‘g‘illaridan, yo erlarining o‘g‘illaridan, yo aka-ukalaridan, yo aka-ukalarining o‘g‘illaridan, yo opa-singillarining o‘g‘illaridan, yo ayollaridan, yo o‘z qo‘llarida mulk bo‘lganlardan, yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilardan, yo ayollar avratining farqiga bormaydigan yosh bolalardan boshqalarga ziynatlarini ko‘rsatmasinlar. Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar. Barchangiz Allohga tavba qiling, ey mo‘minlar! Shoyadki, zafar topsangizlar». Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 13:31 | Савол-жавоблар | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar