Ayol nomaxram erkaklar bilan muloqoti

Assalomu alaykum! Meni rashkim juda kuchli. Ayolimga umuman nomahram erkaklar bilan muloqot qilishni taqiqlayman, hattoki magazin, dorixona va h.k. joylarda faqat erkaklar bo‘lsa bir o‘zi kirishiga ruxsat bermayman. Lekin shunga yarasha barcha zarur xojatini o‘zim bajaraman. U erkaklar bilan muloqot qilishiga zarurat qoldirmayman. Uyda ham bir o‘zi bo‘lganida nomahram erkaklarga (xoh qo‘shni bo‘lsin, xoh qarindosh) eshikni ochishni taqiqlayman. Ko‘chada ham yoshi katta bo‘lmagan qo‘shni erkaklarga salom berishni ham taqiqlayman. Bu harakatlarimni ayolim tushunmaydi va «juda oshirvorasiz, men o‘qidim avrati yopiq ayol zarurat yuzasidan erkaklar bilan muloqot qilsa bo‘lar ekan, sizni talablaringiz shariat hukmi emas, balki o‘z injiqligingiz, toqatimdan ortiq narsani talab qilayapsiz» deydi. Va shu mavzuda biz doim janjallashamiz, hattoki ajralishni ham o‘ylab qolamiz. Garchi shariatni hukmi bo‘lmasa ham “bu erimni talabi” deb ayolim itoat qilishi kerak emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz biroz yumshang. Juda bunchalikka bormang. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 13:32 | Савол-жавоблар | 161 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar