Erkak shifokorlar va ayollar
Assalomu alaykum! Ayollarning erkak shifokorlar ko‘rigidan o‘tishi mumkim emasligi haqida qaysi manbaalardan dalil keltirsa bo‘ladi? Bir audio maruzada (kimligini bilmayman) tabibning 5 maqomi bor deb turib, shulardan biri tabib maxramdir, unga nomaxram kurishi mumkin bulmagan joylarni kursatsa buladi deyilibdi. Men bu gapga ishonmadim, ammo dalil keltirib berishga xam ilmim etmadi. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Begona tabib begona ayolga nikoh orqali mahram bo‘lishi mumkin. Shariatimizda “الضرورة تبيح المحظورات” degan qoida bor. Ya’ni shariat istilohidagi zarurat holati man qilingan ishlarni muboh qiladi. Bu o‘rinda mahramlik degan narsa yo‘q. Ayol kishiga kimlar mahram bo‘lishini Alloh taolo Qur’oni karimda bayon qilgan. Oyatda ham hadisda ham “erkak tabib bemor ayolga mahram hisoblanadi” degan joyi yo‘q. Yuqoridagi qoidaga asosan ayol kishini davolashga hech qanaqasiga ayol tabib topilmasa zarurat holatida erkak kishi davolashi mumkin. O‘shanda ham shariat belgilagan chegarada zarurat joyini o‘zinigina ochish bilan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 13:32 | Савол-жавоблар | 232 | Tabobat