Namoz o‘qish makruh vaqtlar

Assalomu alaykum! Ustozlar, agar kimdir bomdodga uxlab qolib uyg‘onganda quyosh ko‘tarilayotgan bo‘lsa yoki asr namoziga kechikib o‘qimoqchi bo‘lganida quyosh botayotgan bo‘lsa quyosh bo‘tishini yoki chiqishini kutib turish kerakmi yoki tezroq namozni ado qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! "Kifoya" kitobidan olamiz.
Ulamolarimiz mazkur dalillar va ulardan boshqa hujjatlaru qoidalarni ishga solib, namoz o‘qish harom yoki makruh bo‘lgan vaqtlarni tartibli ravishda bayon qilib berganlar. وَرُوِيَ أَنَّ عُمَرَ  رَضِي اللهُ عَنْهُ طَافَ بِالْبَيْتِ سَبْعًا بَعْدَ الْفَجْرِ وَلَمْ يُصَلِّ حَتَّى خَرَجَ إِلَى ذِي طُوَى، فَصَلَّى رَكْعَتَيِ الطَّوَافِ بَعْدَ مَا ارْتَفَعَتِ الشَّمْسُ «Umar roziyallohu anhu bomdoddan keyin Baytni etti bor tavof qilib, Zu Tuvoga chiqmagunlaricha namoz o‘qimadilar. Tavofning ikki rak’at (namoz)ini quyosh ko‘tarilgandan keyin o‘qidilar» («Fathu babul inaya bi sharhi Niqoya»).
Hanafiy mazhabi bo‘yicha, quyidagi vaqtlarda barcha namozlarni o‘qish harom:
1. Quyosh chiqayotgan paytda.
2. Quyosh qiyomga kelgan vaqtda. (Juma kuni mustasno.)
3. Quyosh botayotgan paytda. (O‘sha kunning asri mustasno.)
Quyidagi vaqtlarda nafl o‘qish harom.  
4. Bomdod namozining farzini o‘qigandan to quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilguncha.
5. Asr namozining farzini o‘qigandan to quyosh botguncha.
Hanafiy mazhabi bo‘yicha quyidagi vaqtlarda ham nafl namozlari o‘qish makruhdir:
6. Tong otgandan so‘ng bomdodning sunnatidan boshqa nafl namozlarni o‘qish. Buning dalili:عَنِ ابْنِ عُمَرَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ   قَالَ بَعْدَ طُلُوعِ الْفَجْرِ إِلَّا رَكْعَتَيِ الْفَجْرِ رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ  Ibn Umardan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Fajrdan keyin bomdodning ikki rak’at sunnatidan boshqa namoz yo‘q», dedilar».
Tabaroniy rivoyat qilgan.
7. Shom namozidan oldin nafl o‘qish. Chunki shom namozini tez o‘qishga amrlar bor. Undan oldin nafl o‘qish shomni kechiktirish bo‘ladi.
8. Juma, iyd, haj, nikoh, kusuf, xusuf va istisqo xutbalari bo‘lib turgan vaqtda. Bu vaqt imom minbarga chiqqanidan to namozni o‘qib bo‘lgunicha davom etadi.
9. Iyd namozidan oldin va keyin.
10. Farz namozga iqoma aytilganda. Faqat bomdodning sunnatini tezda, farzga ulgurish sharti bilan o‘qib olish joiz. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 16:24 | Савол-жавоблар | 196 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar