Qalbimdagi tuyg‘u

Assalomu alaykum! Men doim namoz o‘qish uchun joynamozga chiqsam xayolim juda chalg‘ib ketadi va xattoki niyat qilayotib bomdod namozi bo‘lsa peshin deb yuborib keyin tog‘irlab olaman. Shunday xolat ko‘p bor takrorlangan bu namozni buzulishiga olib keladimi? Buni bartaraf etish uchun nima qilishim zarur? Javob uchun tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quloq qoqishdan avval niyatingizni to‘g‘rilab olgan bo‘lishingiz shart. Peshin namozi o‘rniga asrni niyat qilib yuborsangiz buzib qaytadan peshinni niyat qilishingiz shart. Kamroq televizor ko‘ring. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar