Farz va sunnatlar orasida qazo namozlarni ýqish

Assalomu alaykum! Namozlarning farzi va sunnatlari orasida nafl va qazo namozlarni o‘qisa bo‘ladimi? Misol uchun uyda bomdodning sunnatini o‘qib chiqildi masjidga borsa xali farz o‘qilishiga vaqt bor shunday xolatda qazo namozlarni o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sunnatning sunnatligi farz bilan sunnat orasida boshqa narsa bo‘lmasligidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqa narsa o‘qimaganlar. Qazoni uyda o‘qib sunnatni masjidda o‘qing. Aslida o‘qish joiz sanalsada, imkon boricha orasiga kirgizmang. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 159 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar