Aldanib qolish
Assalomu alaykum! Agar bir inson ikkinchisiga ishonib, o‘rtada turib ularni tanishtirib pul olib bersa. Keyin pul olgan, pul berganga qaytarmasa pulning hammasi o‘rtadagi odamni zimmasiga tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tushadi. Buni kafillik deyiladi. عَنْ سَلَمَةَ بْنِ الْأَكْوَعِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: كُنَّا جُلُوسًا عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِذْ أُتِيَ بِجَنَازَةٍ، فَقَالُوا: صَلِّ عَلَيْهَا، فَقَالَ: قَالَ: «هَلْ تَرَكَ شَيْئًا؟» قَالُوا: لَا، قَالَ: «فَهَلْ عَلَيْهِ دَيْنٌ؟» قَالُوا: ثَلَاثَةُ دَنَانِيرَ، قَالَ: «صَلُّوا عَلَى صَاحِبِكُمْ»، قَالَ أَبُو قَتَادَةَ: صَلِّ عَلَيْهِ يَا رَسُولَ اللهِ، وَعَلَيَّ دَيْنُهُ، فَصَلَّى عَلَيْهِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Salama ibn Akva’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida o‘tirgan edik. Bir kishining janozasi keltirildi.
«Bunga namoz o‘qing», deyishdi. U zot:
«Biror narsa qoldirdimi?» dedilar.
«Yo‘q», deyishdi.
«Zimmasida qarzi bormi?» dedilar.
«Ha, uch dinor», deyishdi.
«Sohibingizga namoz o‘qinglar», dedilar.
Abu Qatoda: «Unga namoz o‘qiyvering, ey Allohning Rasuli! Uning qarzini men zimmamga olaman», dedi.
Bas, u zot unga namoz o‘qidilar». Buxoriy rivoyat qilgan.
Musulmonlar doimo kafillikka ijmo’ qilib kelganlar. Chunki bunga odamlarning doimiy ravishda hojati tushib turadi.
Kafillik kishilarning haqqini ishonchli qilish va ularning orasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Qarz olish, oriyaga narsa olish kabi ishlarni osonlashtiradi. Haq egasining ko‘ngli to‘q bo‘lishi uchun xizmat qiladi.
Kafolat gohida jon bilan bo‘ladi. «Men uning joniga kafilman», deyishi bilan kafillik sobit bo‘ladi. Shuningdek, taloqni izofa qilish to‘g‘ri bo‘lgan narsalar bilan ham sobit bo‘ladi.
Ya’ni «Men uning ruhiga, boshiga, yuziga va bo‘yniga kafilman»ga o‘xshash siyg‘alar bilan ham kafillik sobit bo‘ladi. Bunda kafil o‘zi kafillikka olgan shaxsni talab qilingan vaqtda tayin qilingan joyga olib kelishi lozim bo‘ladi.
«Men unga zominman», «U mening zimmamda», «Uni menga qo‘yib ber», «Men unga kafilman» va «Men uning qabiliman» kabilar bilan ham bo‘ladi.
Hadd va qasosda jon kafolatiga majbur qilinmaydi.
Chunki bunda aybdorning o‘zi jazosini tortishi kerak. Uning o‘rniga kafilini jazolab bo‘lmaydi.
Kafil kafolatga olinganni, agar kafolatga ishongan talab qilsa, darhol yoki belgilangan vaqtda hozir qilishi lozim bo‘ladi. Agar hozir qilmasa, hokim uni hibsga oladi.
Kafil kafolatga olinganning vafoti, uni xusumatlashadigan joyga olib kelib topshirish yoki o‘sha erga olib kelib, kafolatga ishonganning o‘ziga topshirish bilan, agar qozining oldida topshirish shart qilingan bo‘lsa ham, kafolatdan qutuladi.
Agar kafolatga ishongan vafot etsa, uning vasiyi yoki vorisi kafildan kafillikni talab qilishi bor.
Joniga kafil bo‘lib turib, «Ertaga vafo qilmasa, mol mening zimmamga», desa ham bo‘ladi. Agar ertasiga uni topshirmasa, molni kafil to‘lab beradi va jonning kafolatidan qutulmaydi. Agar ayni o‘sha kafillikka olingan vafot etib qolsa ham, kafil molga zomin bo‘ladi.
Ya’ni birovning joniga kafil bo‘lib turib, «Ertaga vafo qilmasa, mol mening zimmamga», desa-yu, o‘sha kafillikka olingan vafot etib qolsa ham, kafil molga zomin bo‘ladi.
Kafolat gohida molga bo‘ladi. Qarzi to‘g‘ri bo‘lsa, kifoya. Kafolati olinayotgan mol noaniq bo‘lsa ham zarari yo‘q. Bunday paytda «Sening undagi narsangga» yoki «Ushbu savdoda senga bo‘ladigan narsaga kafilman» kabi jumla ila kafolat sahih bo‘ladi. Yoki kafillikni, «Falonchi ila qilgan savdoingga yoxud uning zimmasida senga sobit bo‘lgan haqqa va sendan g‘asb qilib olingan narsaga men kafilman...» kabi munosib shart bilan bog‘lasa ham sahih bo‘ladi. «Agar shamol tursa» kabi nomunosib shartga bog‘lasa bo‘lmaydi.
Agar «Sening undagi narsangga kafilman», degan bo‘lsa, hujjat ila sobit bo‘lgan narsaga zomin bo‘ladi. Hujjat qoim bo‘lmasa, kafilning gapiga muvofiq bo‘ladi. U qanchani e’tirof qilsa, shuni to‘laydi.
«Sening undagi haqingga», deb kafil bo‘lsa, modomiki unga hujjat bor ekan, zomin bo‘ladi. Dalil bo‘lmasa ham, kafilning gapi o‘tadi.
Agar asl qarzdor ziyodaga iqror bo‘lsa, faqat o‘zi uchun tasdiqlanadi.
Ya’ni asl qarzdor unga kafil bo‘lgan odam kafolatiga olgan mablag‘dan ortiqchani bo‘yniga olsa, uni o‘zi to‘laydi. Kafilning javobgarligi bo‘lmaydi.
Agar qarz egasi ikkisidan biridan talab qilsa, boshqasidan ham talab qilishga haqqi bor.
«Ikkisi» deganda asl qarzdor va uning kafili ko‘zda tutilmoqda. Qarz egasi asl qarzdordan qarzni qaytarishni talab qilganidan keyin u bermasa, kafildan ham talab qilishga haqqi bor. Chunki kafolat orqali bir zimmaga ikkinchi zimma qo‘shilgan bo‘ladi. Qarzni uzish ham asl qarzdorning, ham uning kafilining zimmasida bo‘lib qoladi.
Kafolat asl qarzdorning buyrug‘i bilan ham, buyrug‘isiz ham sahihdir. Agar buyurgan bo‘lsa, uni ado qilganidan so‘ng haqni undan qaytarib oladi.
Chunki kafil o‘zicha kafolatni bo‘yniga olsa ham, asl qarzdorga zarar etmaydi.
Agar kafilni lozim tutilsa, u ham asl qarzdorni lozim tutadi.
Ya’ni qarz egasi kafildan qarzni to‘lashni talab qilib qolsa, u ham asl qarzdorni qistashi mumkin.
Agar hibs qilinsa, u ham hibs qiladi.
Kafilni qarzni undirish uchun hibs qilinsa, u ham asl qarzdorni hibs qilishga haqli bo‘ladi.
Qarz egasi asl qarzdordan kechib yuborsa yoki orqaga sursa, bu narsalar kafilga ham o‘tadi. Aksincha bo‘lmaydi.
Ya’ni qarz egasi kafilni qarzni to‘lashdan afv qilsa yoki orqaga sursa, asl qarzdordan ham kechirgan yoki orqaga surgan bo‘lmaydi.
Agar kafil qarz egasi bilan ming o‘rniga yuz berishga sulh tuzsa, qutuladi va u(yuz)ni asl qarzdordan qaytarib oladi. Agar boshqa jinsdagi narsaga tuzsa, mingni qaytarib oladi. Agar «Kafolat taqozosiga», deb sulh tuzsa, asl qarzdor qutulmaydi.
Chunki kafolatning taqozosi kafildan qistash, xolos.
Kafolatdan qutulishni xuddi boshqa qutulishlar kabi shartga bog‘lab bo‘lmaydi.
Haddlar va qasosda xuddi sotilgan narsadagi kabi kafolat mumkin emas. Sotilgan narasning evazida mumkin.
Shuningdek, garovga qo‘yilgan narsaning, vadiy’aning, oriyaning, ijaraga qo‘yilgan narsaning, muzoraba molining va shirkat kabi omonatlarning va yuk ortish uchun ijaraga olingan ulovga yuk ortishning kafilligini olish ham mumkin emas. Kasodga uchragan o‘likning ham. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 157 | Dolzarb savollar