Taqsit savdosidagi mashina

Assalomu alaykum! Men bir kishiga 12 oyga pulini bo‘lib berish sharti bilan nasiyaga mashina sotdim. Muddatni 7 oyi o‘tdi. U kishi pulni o‘z vaqtida to‘layapti. Xaridor mendan mashinani sotishga ruxsat so‘rayapti. Pulni kelishilganday o‘z vaqtida to‘lashga va’da berdi. Men ruxsat berdim. Men shu mashinani savdolashib sotib olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Nasiyaga qimmatga sotib naqda o‘zi qaytarib sotib olish joiz emas. Hatto Oisha roziyallohu anho shu ishni qilgan sahoba haqida: “Uning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga qilgan janglarining savobi ham xabata bo‘ladi” deganlar. O‘zingiz sotib olmang, sizga yaqin boshqa odam o‘ziga sotib olsa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 17:04 | Савол-жавоблар | 171 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar