Aroq ichuvchi do‘stlar

Assalomu alaykum! Alloh ilmilarga baraka bersin. Men Rossiyada 2 og‘aynim bilan birga bir kvartirada turamiz. Alahamdulilah 5 vaqt namozni o‘qiyman, lekin 2 og‘aynim esa spirtli ichimlik ichishadi. Ular bu ichkilik shariatda qattiq ta’qiqlanganini va qattiq azobga duchor bo‘lishligini ham bilishadi, hatto men ularga ichkilik ichilayotgan vaqtda iymonlari chiqib turarkan deb ham aytdim. Lekin baribir ular quloq solishmayapti. Men ulardan aloxida yashay desam buni imkoniyati yo‘q. Meni savolim shuki, ularni bu yo‘ldan qaytarish uchun nima qilay? Men ular bilan shu holatda yashashim joizmi? Maslaxat berilar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imkoningiz bo‘lsa alohida yashashga harakat qiling. Chunki ularni qilayotgan ishi harom amal bo‘lib, doimiy ravishda ularga Allohning la’nati yog‘ilib turadi. Biror balo kelsa siz ham sherik bo‘lib qolasiz. Agar ketishni imkoni bo‘lmasa, ularga ishni o‘zlari qiziqadigan kichik hikoya, barakalarga sabab bo‘ladigan amallarni aytishdan boshlang. Haqqlariga duo qiling, Alloh ularni ham hidoyat qilsin. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 17:04 | Савол-жавоблар | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar