Chilton xaqida
Assalomu alaykum! Buvijonim so‘rab berishimni aytgan edilar. Buvijonim Alxamdulillax 81 yoshdalar. Namoz va ro‘za amallarini bajarib keladilar. Ularda qaynonalaridan qolgan eski childirman bor. Uyga extiyot qilib ilib qo‘yganlar. Childirman xaqida so‘raganimizada qaynonalari kotta baxshi bo‘lganliklari childirman bilan xar xil amallarni bajarganliklarini aytib, o‘zim bu narsalarga ishonmayman lekin qaynonam vafotlaridan keyin tobim qochib qolgan, og‘ir bo‘lib, boshim og‘rib qiynaldim. Folbinga bordim u borishim bilan uyingizda bir ayoldan qolgan amal bor ekan shuni olasiz, ana o‘zlari oppoq libosda qarab turibdilar degan ekan. keyin jonliq so‘yib childirmanni olgan ekanlar. Bir marotaba chiroq yoqib amalini qiganman lekin ishonmayman diydilar. Childirmanni nima qili diydilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha folbinga borib, uning gapini tasdiqlash kufr hisoblanadi. Tezdan tavba qilib iymon keltirib olish kerak. Munajjimga borib bashoratini tasdiqlasa, folbinga borib fol ochtirsa va uni tasdiqlasa, qo‘l chiziqlariga qarab, toshga qarab, choy yoki kofening cho‘kindilariga qarab g‘aybni gapiruvchilarga, odamlarim, bobolarim, momolarim bor deb da’vo qiluvchilarga va o‘shalarga atab jonliq so‘yuvchilarga borib ularning gapini tasdiqlasa dindan chiqib, nikohi buziladi. (Ashraf Ali Tahonaviy). Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 17:45 | Савол-жавоблар | 213 | Dolzarb savollar