Taloq

Assalomu alaykum! Ustozlar berayotgan javoblaringiz uchun juda minnatdorman. Bu savol biz uchun juda muhum: Akam ancha (tahminan 9 oy yoki 1yil) oldin kelinoyimga jahl ustida «agar menda beruxsat uyinga borsang taloqsan» degan ekanlar. Shundan so‘ng bu aytgan gaplari kelinoyimni ham akamni ham esidan chiqqan. Yaqinda akam Rossiyada ishlayotganida kelin oyim telefonda uyga chiqib kelsam maylimi deb ruxsat so‘ragan. Shunda akam aytgan gapi esida yo‘qligi uchun buvimdan ruxsat so‘rab chiqavermaysanmi degan. Shunda kelin oyim akamni oldin «mendan beruxsat chiqsang taloqsan» degan gapini eslatgan. Bir yil ichida kelin oyim akamdan so‘ramasdan chiqqanmi yo‘qmi esida yo‘q. Savol, agar kelin oyim uyiga chiqqan bo‘lsa taloq tushganmi? Agar so‘ramasdan bir necha marta chiqqan bo‘lsa 3 taloq tushib qolganmi?
2). Hozir akam gapini qaytib olsa bo‘ladimi? Javobingiz biz uchun juda muhim. Qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Taloq tushgan. Agar akangizni aytgan gapi ayni shu bizga yozganingizdek  «agar menda beruxsat uyinga borsang taloqsan» bo‘lsa, bir marta chiqishi bilan bir bor taloq tushgan bo‘ladi. Agar “har chiqqaningda” degan bo‘lsa necha marta so‘ramay chiqqan bo‘lsa o‘shancha marta taloq tushgan bo‘ladi. 2). Gapni qaytarib olish yo‘q. Vallohu a’lam!

22 Апрел 2022, 17:19 | Савол-жавоблар | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar