Munkar-Nakir

Assalomu alaykum! Hurmatli va aziz ustozlar, odam tug‘ilgandan keyin albatta bir kun kelib o‘ladi. O‘lgandan so‘ng qabrda Munkar va Nakr so‘roq savolidan o‘tadi. Savolim shuki shu farishtalar bittami yoki bir ko‘pmi?  Ya’ni bir kunda er yuzida necha mingta odam o‘lib ketadi, ularni so‘roq qilish uchun bitta farishta etmaydiku? Savolim noo‘rin bo‘lsa sizlardan uzr so‘rayman. Vaqt ajratib bergan javobingiz uchun avvaldan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular ikki farishta bo‘lib, Alloh taolo ularni shu ishga tayin qilgan. Siz hamma narsani aqlingizni torozisi bilan o‘lchamang. Vallohu a’lam!

24 Апрел 2022, 16:34 | Савол-жавоблар | 253 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar