Uyimizdagi kitoblar
Assalomu alaykum! Ustozlar, bizni uyda ilmi tasxir(bo‘ysundirish ilmi), Duridi muazzam, Duolarga ingan hislatlar kabi kitoblar mavjud. Men bu kitoblarni o‘qish mumkin emasligini toki sizlarning javoblaringizni o‘qimagunimcha ixlos bilan o‘qib yurganman. Lekin hozir fahmlab olib unday kitoblarni aslo o‘qimay qo‘ydim. Endi u kitoblardan qutulishni bilmay qoldim. Kitobni nima qilay?
2). Bu kitob mumkin emasligini oila azolarimizga etkazsam, oilada eng kichik farzand bo‘lganim uchun ular mening so‘zlarimga unchalik ishonishmaydi. Yoki kitobdagi ba’zi duolarni masalan: «Haft Alhamdu» duosidan: «Alhamdu lillahi a’lal omini, Alhamdu lillahi a’lal iymoni… va hokazolarni misol qilib ma’nosi juda ulug‘ligi senga dalil bolmayaptimi deyishadi. Shunday vaziyatda nima qilay?
3). Boshqa masalalarda ham o‘zimni ilmdor qilib ko‘rsatish uchum emas ba’zi bir biz uchun arzimas, aslida katta xatolarni qilayotganimiz uchun va albatta o‘z oila a’zolarim bo‘lgani uchun bilib turib imkon qadar aytmasam yaxshi bo‘lmasa kerak deb o‘ylab ularga sizlarning fatvolaringizni sizlarning nomingizdan etkazaman. Lekin hatto sen bilan ularning orangda katta farq bor sen o‘zing bilib amal qilib yuraver boshqalarga indama deyishdi. Shunda nima qilay? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Yoqib yuboring. 2). Yoqib yuboring. 3). Siz maslahat tariqasida ko‘rsating. Qabul qilsalar bosh ustiga, qilmasalar sizdan gunoh soqit bo‘ladi. U kitoblarning o‘rniga boshqa o‘qishi durust bo‘lgan kitoblarni olib kelib qo‘ying. Vallohu a’lam!
25 Апрел 2022, 17:23 | Савол-жавоблар | 206 | Dolzarb savollar