Abror Muhtor Alining quyidagi fatvosi

Assalomu alaykum! Qadrli “Zikr ahlidan so‘rang hay’ati” sizlarga quyidagi savol bilan murojaat qilmoqchiman. Rahmatli Shayx Muhammad Sodiq rahimahulloh hazratlariga ixlosim juda ham baland. Shu kishining shogirdlaridan biri Abror Muhtor Ali yaqinda kanalda quyidagi gaplarni aytdilar:
Talabaning yarim yillik kontrakti 4 million so‘m, U naqd yoki plastikda bo‘lsa ham 4 million to‘lashi kerak. Shunda bir tadbirkor talabaga 3,5 million so‘m menga naqd bersang, men esa o‘qishingga 4 million beraman deydi. bunday qilish esa talabalr uchun ruxsat berilgan ulamolar tomonidan deya. Ulamolarning ismi zikr qilinmadi. Bu ish ribo emasmi? Bu gap qanchalik to‘g‘ri? Ushbu auido zapisni sizga junatmoqchi edik, afsuski qanday junatishni bilmayman. Iltimos izoh beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz eshitmay qolgan bo‘lsangiz kerak. U erda 4 mln so‘m evaziga 3.5mln so‘mga teng boshqa valyuta bersa joiz degan bo‘lsa kerak. Masalan 3.5mln so‘mga barobar dollar bersa joiz degan bo‘lsa kerak. Agar haqiqatan unday demagan bo‘lsa shak-shubhasiz ribo bo‘ladi. Sen  3.5mln so‘m naqd ber, 4 mln so‘m kontraktinga o‘tkazib beraman deyish sudxo‘rlik bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 Апрел 2022, 17:23 | Савол-жавоблар | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar