Internetdagi savol

Internet tarmog‘ida “Qordan oq, tundan qora, 5 harfdan iborat (mim) bilan boshlanadi, u Qur’onda bor eyish harom, ichish halol, erkak kishi 1 kunda 3 marta, ayol kishi umrida 1 marta foydalanadi. Bu nima?” degan shunday savol keldi. Bunga bir bola javobi mayyit deb (qordan oq - kafan, tundan qora - qabr, eyish harom - o‘limtik, ichish halol - o‘lim sharbati, erkak kishi 1 kunda 3 marta - janozaga qatnashadi, ayol kishi umrida 1 marta - o‘zini janozasida qatnashadi) degan javobni berdi. Keyin men javobi mayit ekanligiga hujjat keltir deb, uni javobiga qarshi erkak kishi 1 kunda 3 martadan ko‘p janozaga qatnashishi mumkinligini va ayol kishiyam janozaga ko‘p qatnashishi mumkinligini aytib misol tariqasida urush bo‘lsa hamma erkak zoti urushga ketsa va qolgan ayollardan kimdir olamdan o‘tsa erkaklar qachon urushdan kelishini kutmasdan janozani ayollar o‘qishligini aytdim. Kimdir Qur’onda kegan deb bilib-bilmay savol yozsa, uni tarqatib yolg‘onchi bo‘lib qolmanglar degan niyatta o‘sha bolaga yozganidim. Xato qilmadimmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Umuman bu kabi narsalar vaqtni, zehnni behuda sarflashdan boshqa narsa emas.

20 Апрел 2022, 19:28 | Савол-жавоблар | 618 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar